O'zbekiston

Buxoroda joriy yilda kambag‘allik darajasi 2 foizgacha qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Buxoroda joriy yilda kambag‘allik darajasi 2 foizgacha qisqartiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning mavjud iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Ta’kidlanganidek, Buxoro viloyati sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va turizm sohalarida katta imkoniyatlarga ega hudud hisoblanadi. Viloyatda ikki yirik neft-gaz kimyo korxonasi faoliyat yuritmoqda, yana bittasi qurilish bosqichida. Shuningdek, qiymati 5,2 milliard dollar bo‘lgan, umumiy quvvati 4,5 gigavattga teng 10 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda.

 

2025-yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti 7,2 foizga oshib, 86,6 trillion so‘mga yetdi. Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi 7,1 foiz, qishloq xo‘jaligi 4,3 foiz, xizmatlar sohasi esa 14 foiz o‘sdi. Natijada ishsizlik darajasi 4,7 foizgacha, kambag‘allik esa 6 foizgacha kamaydi.

 

Yig‘ilishda 2026-yil uchun Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, yalpi hududiy mahsulotni 102,1 trillion so‘mga yetkazib, 9,1 foiz o‘sish ta’minlash, sanoatni 9,1 foiz, qishloq xo‘jaligini 5,9 foiz, xizmatlar hajmini esa 20,1 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ishsizlik va kambag‘allik darajasini 2 foizgacha qisqartirish, 381,5 ming nafar aholini daromadli qilish vazifasi qo‘yildi.

 

Shu maqsadda Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek Olot, Peshku, Qorako‘l, Shofirkon, G‘ijduvon va Qorovulbozor tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish bo‘yicha manzilli choralar amalga oshirilishi belgilandi.

 

Davlat rahbari Buxoro uch ming yillik tarixga ega qadimiy zamin ekanini ta’kidlab, boy tarixiy meros va madaniy obidalardan iqtisodiy rivojlanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadini oshirish yo‘lida samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.

 

Investitsiya va eksport yo‘nalishida 2026-yilda 3,3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, 1,5 milliard dollar eksportni ta’minlash hamda umumiy qiymati 9,2 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish vazifasi belgilandi.

 

Sanoat sohasida 61 ta yirik loyiha shakllantirilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 2,2 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu loyihalar natijasida 18 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Jumladan, Kogon tumanida yiliga 80 ming dona elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 350 million dollarlik ushbu loyiha doirasida 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Bundan tashqari:

  • Buxoro tumanida 220 million dollarlik loyiha asosida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish,
  • Qorovulbozorda AI-91 va AI-92 benzin ishlab chiqarishni kengaytirish,
  • Kogon tumanida qog‘oz va karton mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

 

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali 100 ming gektar yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish imkoniyati qayd etildi. Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish doirasida 82 ta loyiha amalga oshiriladi hamda 20 ming bosh qoramol, 30 ming bosh qo‘y va 200 bosh ot olib kelinadi.

 

Xizmatlar sohasini rivojlantirish va bandlikni ta’minlash maqsadida 49 ta loyiha, 33 ta savdo va servis ko‘chasi, 4 ta turizm mahallasi hamda 10 ta yo‘l bo‘yi loyihasi tashkil etiladi.

 

Turizm salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 2026-yilda 3,5 million xorijiy va 5,5 million mahalliy sayyohni jalb qilish, jami turistlar sonini 9 millionga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga 73 ta yangi mehmonxona hamda 15 ta turoperator va turagentlik tashkil etiladi.

 

Yig‘ilishda uy-joy qurilishi va infratuzilmani rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Jumladan, Rabotak mahallasida 10 mingdan ortiq xonadonli zamonaviy uy-joy majmuasi, Buxoro shahrida yangi ma’muriy markaz, “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i, shuningdek Buxoro davlat universitetining yangi kampusi qurilishi rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida 33 kilometrdan ortiq aylanma yo‘llar qurish, Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi va G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu avtomobil yo‘llarining muhim qismlarini rekonstruksiya qilish vazifalari belgilandi.

 

Yig‘ilish yakunida Prezident Buxoro viloyatining mavjud iqtisodiy imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, investitsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm hamda infratuzilma sohalarida aniq natijalarni ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Buxoroda joriy yilda kambag‘allik darajasi 2 foizgacha qisqartiriladi | Zamon.uz