O'zbekiston

Samarqandda maktab direktori o'rinbosari 9-sinf o'quvchisini kaltakladi

Ayni vaqtda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Samarqandda maktab direktori o'rinbosari 9-sinf o'quvchisini kaltakladi

 

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida sodir bo‘lgan jismoniy zo‘ravonlik holati yuzasidan tekshiruv boshlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2-aprel kuni Urgut tumanidagi 2-sonli maktabda direktor o‘rinbosari tomonidan 9-sinf o‘quvchisiga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Tasvirlarda o‘smir bilan yuzaga kelgan mojaro kattalar tomonidan kuch ishlatilishi bilan yakunlangani ko‘rinadi.

 

Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bolalarga nisbatan har qanday jismoniy zo‘ravonlikni qat’iyan qoralashini bildirib, vaziyatni o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilganini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddilar voqea yuzasidan barcha holatlar o‘rganilib, tekshiruv natijalari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma'lum qildi.

custom img

Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga mol tezagini majburan yedirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident tashrif davomida Milliy pedagogika universiteti kampusi, Milliy kutubxona, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va zamonaviy futbol stadioni qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda

Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, oy oxiriga borib esa 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

custom img

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

custom img

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilgan.

custom img

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

Yangi energetika vaziri, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.

custom img

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgani oqibatida aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolganini qayd etdi.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab qarzdorning mashinasi xatlandi

Shundan so‘ng qarzdor korxona soliq qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"