O'zbekiston

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Unga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

O‘zbekiston tomonidan mamlakatda faoliyat yuritgan Humans kompaniyasi asoschisi va rahbari Vladimir Dobrinin Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Uning ismi Interpol saytida e’lon qilingan “qizil bildirishnoma” ro‘yxatiga kiritilgan.

 

 

Dobrininga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Xalqaro tashkilot ma’lumotida u 52 yoshda ekani, Avstriyada tug‘ilgani va Rossiya fuqarosi hisoblanishi qayd etilgan.

 

Humans ishi 

 

Humans O‘zbekistonda fintex-servis, mobil aloqa xizmatlari va marketpleysni birlashtirgan superilova sifatida faoliyat yuritgan. 2022-yil iyun holatiga ko‘ra, xizmatdan foydalanuvchilar soni 2 milliondan oshgan, mamlakat bo‘ylab 1100 dan ortiq savdo nuqtalari ochilgan edi.

 

2025-yil may oyida Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan Humans Mobile Ltd kompaniyasi International Centre for Settlement of Investment Disputesga murojaat qilib, O‘zbekiston hukumatiga qarshi da’vo kiritgan. Kompaniya davlat organlarini, jumladan Markaziy bank va “O‘zbektelekom”ni biznesga zarar yetkazganlik hamda investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni buzganlikda ayblagan. 2026-yil yanvar oyida mazkur ish bo‘yicha arbitraj tribunali tarkibi shakllantirilgan.

 

Kompaniya O‘zbekistonda ham sud jarayonlarida ishtirok etmoqda. 2025-yil 14-oktabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Octobank arizasiga asosan “Humans” MChJni bankrot deb topgan. Qarzdorlik miqdori taxminan 430 milliard so‘mni tashkil etadi.

 

Shuningdek, O‘zbektelekom infratuzilma xizmatlari uchun sud orqali 532 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirishni talab qilgan. Humans esa kompaniyani monopol narxlar qo‘llashda ayblab, mazkur masala yuzasidan Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilgan.

 

Mazkur ish doirasida firibgarlik ayblovlari va kompaniya ulushi bo‘yicha ichki nizolar ham yuzaga kelgan. O‘zbekiston fuqarosi Maksim Sidanov loyiha uchun 12 million dollar sarmoya kiritganini va Humans’dagi 66 foiz ulushga da’vogarlik qilayotganini bildirgan.

 

2025-yil oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Humans kartalaridan ruxsatsiz mablag‘ yechib olingani haqida ko‘plab shikoyatlar tarqaldi. Kompaniya buni texnik nosozliklar va kiberhujumlar bilan izohladi. Markaziy bank tekshiruv o‘tkazib, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborgan.

 

Bundan tashqari, 2025-yil iyul oyida PayWay to‘lov tashkiloti hamta’sischisi Behzod Botirov qo‘lga olingan. U ilgari Humans guruhiga qarashli UPay’da bosh direktor bo‘lib ishlagan. Unga Jinoyat kodeksining 278-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlarida (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik aybi qo‘yilmoqda.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"