Jahon

Xitoyda yarim marafonda robotlar ilk bor odamlarni ortda qoldirdi

Honor roboti 21 kilometr masofani 50 daqiqa 26 soniyada bosib o‘tgan.

Xitoyda yarim marafonda robotlar ilk bor odamlarni ortda qoldirdi

Xitoy poytaxti Pekin shahrida gumanoid robotlar ishtirokidagi yarim marafon musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda robotlar ilk bor inson yuguruvchilarni ortda qoldirgani ma’lum qilindi.

 

Musobaqada rasmiy g‘olib deb topilgan Honor nomli robot 21 kilometr masofani 50 daqiqa 26 soniyada bosib o‘tgan. Mazkur natija yarim marafon bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi amaldagi jahon rekordidan ham yaxshiroq ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

 

Taqqoslash uchun, yarim marafon bo‘yicha insonlar rekord natijasi mart oyida Portugaliyaning Lissabon shahrida ugandalik yuguruvchi Yakob Kiplimo tomonidan qayd etilgan bo‘lib, u masofani taxminan 57 daqiqada yakunlagan edi.

 

Xalqaro agentliklar ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan sezilarli o‘sishni namoyon etgan. O‘tgan yil ilk bor o‘tkazilgan shunday poygada g‘olib robot marraga 2 soat 40 daqiqa 42 soniyada yetib kelgan, ko‘plab robotlar esa masofani yakunlay olmagan edi.

 

Bu yilgi musobaqada insonlar va robotlar bir vaqtning o‘zida, biroq xavfsizlikni ta’minlash maqsadida alohida yo‘laklarda harakatlangan.

 

Musobaqada ishtirok etgan jamoalar soni 20 tadan 100 tadan oshgan, robotlarning qariyb yarmi masofani mustaqil ravishda yakunlagani aytilmoqda.

 

Shuningdek, yo‘nalish turli qoplamalar va qiyalikli hududlardan iborat bo‘lib, o‘tgan yilgiga nisbatan murakkabroq bo‘lgan.

 

Musobaqa davomida ayrim texnik holatlar ham kuzatilgan. Xususan, bir robot start vaqtida yiqilgan, yana biri esa marra chizig‘idan o‘tgach to‘siqqa urilgan.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"