Jahon

Saudiya Arabistoni Makkaga kirish qoidalarini kuchaytirdi

Haj vizasiga ega bo‘lgan shaxslardan tashqari, boshqa barcha turdagi vizaga ega fuqarolarning Makkaga kirishi yoki shaharda qolishi taqiqlanadi.

Saudiya Arabistoni Makkaga kirish qoidalarini kuchaytirdi

 

Saudiya Arabistoni rasmiylari ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlash hamda Haj mavsumini tartibli o‘tkazish maqsadida Makkaga kirish qoidalarini kuchaytirayotganini ma’lum qildi.

 

Qirollik Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bir qator yangi cheklov va tartiblar joriy etilgan.

 

Qayd etilishicha, 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lgan shaxslardan tashqari, boshqa barcha turdagi vizaga ega fuqarolarning Makkaga kirishi yoki shaharda qolishi taqiqlanadi.

 

Shuningdek, 13-apreldan e’tiboran Makkaga kirishni istagan shaxslar vakolatli organlardan rasmiy ruxsatnoma olishi lozim. Ruxsatsiz shaharga kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Ma’lum qilinishicha, Makkada berilgan yashash ruxsatnomasi, Haj ruxsatnomasi yoki Absher Individuals hamda Muqeem platformalari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan va Tasreeh tizimiga integratsiya qilingan ish ruxsatnomasi mavjud shaxslargina shaharga kirishi mumkin bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, Saudiya fuqarolari, Fors ko‘rfazi davlatlari fuqarolari, rezidentlar hamda boshqa vizaga ega shaxslar uchun Nusuk platformasi orqali Umra ruxsatnomalarini berish 18-apreldan 31-maygacha vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Rasmiylar mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida jazo choralari qo‘llanishini bildirdi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.