Jahon

AQShda dahshatli otishma — sakkiz nafar bola halok bo‘ldi

Qurbon bo‘lgan bolalarning yoshi bir yoshdan 14 yoshgacha ekani aytilmoqda.

AQShda dahshatli otishma — sakkiz nafar bola halok bo‘ldi

AQShning Luiziana shtati Shreveport shahrida sodir bo‘lgan dahshatli otishma oqibatida sakkiz nafar bola halok bo‘ldi, yana ikki kishi tan jarohati oldi. Bu haqda mahalliy politsiya NBC News nashriga ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oilaviy mojaro sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin. Hodisa bir mahalladagi ikkita uyda sodir bo‘lgan, jabrlanuvchilardan biri esa qochib, yaqin atrofdagi uchinchi uyga yashiringan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, qurolli hujum natijasida jami o‘n kishi jabrlangan. Halok bo‘lgan bolalarning yoshi bir yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgani aytilmoqda. Ayrim qurbonlar gumondorning qarindoshlari ekani ham ma’lum qilingan.

 

Voqeadan so‘ng hujumchi avtomobil o‘g‘irlab qochishga uringan, biroq politsiya tomonidan ta’qib qilinib, maxsus operatsiya davomida otib o‘ldirilgan.

 

Shreveport shahri meri Tom Arkeno ushbu hodisani shahar tarixidagi eng og‘ir fojialardan biri deb atab, motam e’lon qilinganini bildirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"