Jahon

Eron AQSH bilan navbatdagi muzokaralarda qatnashishni rad etdi

Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Eron bilan muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazish uchun Islomobodga yo‘l olmoqda.

Eron AQSH bilan navbatdagi muzokaralarda qatnashishni rad etdi

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vance boshchiligidagi delegatsiya Eron bilan muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazish uchun Islomobodga yo‘l olmoqda. 

 

AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, AQSh vakillari dushanba kuni kechqurun Pokiston poytaxtiga yetib boradi. Oq uy delegatsiya tarkibiga Tramp maslahatchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ham kiritilganini bildirgan. Ular avvalgi muzokaralarda ham ishtirok etgan.

 

Biroq Eron tomoni muzokaralarning navbatdagi bosqichida qatnashishini hozircha tasdiqlamagan. Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozida AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz blokadasi saqlanib qolayotgan bir paytda Tehron delegatsiya yubormaydi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Islomobodda o‘tgan dastlabki muzokaralardan so‘ng tomonlar Pokiston vositachisi orqali muloqotni davom ettirgan, biroq jarayon “AQShning ortiqcha talablari va ambitsiyalari” sabab natijasiz yakunlangan.

 

Eronning yana bir davlat agentligi — IRNA esa Islomobodda ikkinchi bosqich muzokaralari o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Agentlik AQSh tarqatayotgan ma’lumotlarni “media o‘yini” deb atab, ularni haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

 

Shu bilan birga, IRNA muzokaralarga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar sifatida AQShning “haddan tashqari talablari”, “noreal kutishlari”, Vashingtonning “tez-tez o‘zgaruvchi pozitsiyasi”, qarama-qarshi bayonotlari hamda tahdidlarini ko‘rsatgan.

 

Avvalroq Donald Trump Eronni “adolatli va oqilona bitim”ni qabul qilishga chaqirib, aks holda AQSh yana zarbalar berishi mumkinligini bildirgan edi.

 

Axios nashrining yozishicha, Tehronda AQShning muzokaralar haqidagi bayonotlari ehtimoliy harbiy harakatlar uchun niqob bo‘lishi mumkinligidan xavotir mavjud.

 

Ma’lumot uchun, muzokaralarning birinchi bosqichi 11–12-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan va tomonlar kelishuvga erisha olmagan. Aprel boshida kelishilgan ikki haftalik sulh muddati esa 21-aprel kuni yakuniga yetadi. Lekin Bloomberg manbalari sulh uzaytirilishi mumkinligini ham ma’lum qilgandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.