O'zbekiston

Oroldan qolgan cho‘l turistlarni qiziqtirmoqda

Nukusda Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda ma’lum qilinishicha, ayni paytda mamlakatda 22 ta UNESCSO ro‘yxatiga kirgan tarixiy inshoot va qadamjolar bor. Xorijliklar tarixiy maskanlar qatorida Orol dengiziga ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

Oroldan qolgan cho‘l turistlarni qiziqtirmoqda

23-aprel kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirish va bu joyga dunyo eʼtiborini jalb qilish maqsadida xalqaro Destination Karakalpakstan — 2026 forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Forum O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

 

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad Qoraqalpog‘istonni Markaziy Osiyodagi istiqbolli turizm destinatsiyalaridan biri sifatida shakllantirish, yangi tur paketlar yaratish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

 

Forum doirasida so‘zga chiqqan Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanjar Tajiyevning aytishicha, 2025 yilda mamlakatga 11,7 million xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Turizm xizmatlar eksporti 4,5 milliard dollarga yetgan. Har oylik turistlar oqimi ilk bor barqaror ravishda 1 million nafardan oshgan. Tashkilot tomonidan 2030 yilga qadar jami 20 million nafar sayyohni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston hududlariga jalb qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashini Raisi o‘rinbosari Rasul Zarikevning aytishicha, Qoraqalpog‘istonda xorijlik sayyohlarni jalb qila oladigan tarixiy maskanlar va milliy urf-odatlar yetarli. Unga ko‘ra, hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 22 ta UNESCSO ro‘yxatiga kirgan tarixiy inshoot va qadamjolar bor.

 

Forum doirasida Yevropa va Osiyoning 20 ta davlatidan, jumladan, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shveysariya, Belgiya, Turkiya, Bosniya va Gersegovina, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston va Xitoy kabi mamlakatlardan yetakchi turoperatorlar ishtirok etmoqda.

 

Bosniyadan kelgan forum ishtirokchisi Solak Milosning aytishicha, Orol fojiasi va undan keyin kelib chiqqan ekologik muammolar odamlarning diqqatini tortadi.

 

Shuningdek, u Bosniya tog‘lar va yashil o‘rmonlar qoplanganligi sababli mamlakat fuqarolari uchun Orol suvidan qolgan cho‘l u yerliklar uchun noyob hisoblanadi va odamlariga qattiq taʼsir qiladi.

 

“O‘zimni boshqa tarixiy o‘tmishga, boshqa tabiiy boyliklarga ega mamlakatdan kelganimni inobatga olsak, bu cho‘l hududlaridir. Ular bu yer uchun juda o‘ziga xos. Shaxsan men yam-yashil o‘rmonlar va sersuv mamlakatdan kelganim uchun, hayotimda ilk bor cho‘lni ko‘rish juda qiziqarli va noyob tajriba bo‘ldi.

 

Shu sababli, o‘ylaymanki, mening yurtimdan kelgan ko‘pchilik odamlar ham xuddi shunday taassurot oladi. Albatta, Orol dengizi tarixi, uning yo‘qolishi, ortidan kelgan ekologik falokat va u yerdan kelib chiqqan ekologik muammolar sababli yuzaga kelgan ijtimoiy fojia ham shular jumlasidan. Bu voqea mening yurtdoshlarimga, shubhasiz, qattiq taʼsir qiladi. 

 

O‘ylaymanki, kemalar qabristonini, Mo‘ynoqdagi sobiq portda qolib ketgan eski kemalarni ko‘rish — bular mening yurtimdan kelgan odamlar uchun albatta kelib ko‘rishga arziydigan joy hisoblanadi. Yana shuni ham aytishim kerakki, Nukusdagi Sovetskiy muzeyni ham o‘zim uchun albatta kelish kerak bo‘lgan manzillar qatoriga qo‘shdim”, — dedi xorijlik turoperator.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.