O'zbekiston

Namanganda 85 mlrd so‘mlik aylanmaga ega noqonuniy qimor tarmog‘i fosh etildi

Gumonlanuvchilardan qiymati 400 million so‘mga yaqin pul mablag‘i, plastik kartalar, mobil telefonlar, kompyuter texnikalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Namanganda 85 mlrd so‘mlik aylanmaga ega noqonuniy qimor tarmog‘i fosh etildi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi kompyuter o‘yin klubida onlayn qimor o‘yinlari tashkil etib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati IIB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘yin klubida yashirin qimor sxemasi aniqlangan. Shartli xaridor orqali 620 ming so‘m mablag‘ kiritilib, ushbu pul qimor platformasi akkauntiga o‘tkazilganidan so‘ng jinoiy guruh a’zolari ushlangan.

 

Tergovga qadar tekshiruvga ko‘ra, Chust tumani “Guliston” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan shaxs ishonchli sheriklari bilan birga maxsus jinoiy guruh tashkil qilgan. 

 

Guruh faoliyati davomida maxsus ilovadagi hisoblarda 796,6 million so‘m limit mablag‘i va 44,6 milliard so‘mlik tranzaksiya, boshqa bir hisobda esa 115,6 million so‘m limit va 26,6 milliard so‘mlik aylanma qayd etilgan. Shuningdek, kriptovalyuta orqali 14,6 milliard so‘mlik pul aylanmasi amalga oshirilgani aniqlangan.

 

Umumiy hisobda jinoiy faoliyat aylanmasi 85 milliard so‘mni tashkil etgan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan 26 990 AQSh dollari, 73 million so‘m naqd pul, 10 ta plastik karta, mobil telefonlar, kompyuter texnikalari hamda pul sanash uskunasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 278-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.