O'zbekiston

Oʻzbekistonda hayvonlar kasalliklari bo‘yicha yangi karantin qoidalari tasdiqlandi

Endilikda chorvachilikda kasallik tarqalishiga qarab karantin hududlari belgilanadi.

Oʻzbekistonda hayvonlar kasalliklari bo‘yicha yangi karantin qoidalari tasdiqlandi

 

Oʻzbekistonda hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olish maqsadida yangi karantin qoidalari tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan infeksion kasalliklar yuzaga kelgan holatlarda cheklov choralarini joriy etish tartibi rasman belgilandi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, karantin hududlari kasallikning og‘irlik darajasi, tarqalish xavfi hamda qo'zg'atuvchi omillarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Kasallik aniqlangan joylarda veterinariya-sanitariya tadbirlari amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, profilaktik tadbirlarga alohida e’tibor qaratilib, davlat chegarasi orqali olib kirilayotgan hayvonlar uchun maxsus karantin maskanlari tashkil etiladi.

 

Mazkur qoidalar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi hayvonlarni boqish va hayvonlardan olingan mahsulotlarni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan qo'llaniladi.

 

Karantin talablariga rioya etilishi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinadi.

 

Bundan tashqari, karantin choralarini talab qiluvchi xavfli yuqumli kasalliklar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"