O'zbekiston

Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Ular issiqxona uchun ajratilgan yer maydonini tanishlari orqali xaridorga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan til biriktirib, uning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQSH dollariga sotishini va mansabdor tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming AQSH dollari talab qiladi. 

 

DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. shaxs 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

 

Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Ma’lumot o‘rnida, yer uchastkalarini ajratish va sotish faqatgina “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali shaffof va qonuniy tarzda amalga oshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi | Zamon.uz