Jahon

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi cheklanadi

Endilikda o‘yin platformalari ham yosh mezonlari asosida tartibga solinadi.

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi cheklanadi

 

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko‘ra, raqamli platformalar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning yoshini tekshirish bo‘yicha maxsus tizimlarni joriy etishi shart bo‘ladi.

 

Yangi tartib ijtimoiy tarmoqlar bilan bir qatorda o‘yin platformalariga ham tatbiq etiladi. Endilikda bunday xizmatlar o‘yinlarni yosh toifalari asosida tasniflab, tegishli nazorat mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishi lozim.

 

Shuningdek, foydalanuvchilari soni yuqori bo‘lgan xalqaro platformalarga Turkiya hududida rasmiy vakil tayinlash talabi ham belgilandi. Bu esa davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

 

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, rasmiylar bolalar xavfsizligini oshirish maqsadida nomaqbul kontentni avtomatik bloklaydigan maxsus bolalar SIM-kartalarini joriy etish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, VPN xizmatlarini cheklash hamda 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun internetdan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha tartiblarni joriy etish ehtimoli ham muhokama qilinmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, 15-aprel kuni Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatidagi maktabda yuz bergan otishmada to'qqiz kishi halok bo'lgan va 21 kishi jarohatlangan edi. 14-aprel kuni Shanliurfa viloyatidagi maktabda o'n to'qqiz kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.