O'zbekiston

“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

Shuningdek, asarning fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etilishi belgilangan.

“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

Temur tuzuklari asari ilk bor belarus tiliga tarjima qilinib, “Ulajenne Tsyamura” nomi ostida chop etildi. Loyiha Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan Innovatsion pedagogika qo‘shma ta’lim oliy maktabi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

 

 

Mutaxassislar qayd etishicha, hujjatli, tarixiy, badiiy va avtobiografik xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan ushbu asar ilk bor belarus tiliga tarjima qilinmoqda. Nashr “Amir Temur oyligi” doirasida chop etilib, belarus kitobxonlari uchun Amir Temur davridagi davlat boshqaruvi va tarixni o‘rganishda muhim manba bo‘lishi kutilmoqda.

 

Innovatsion pedagogika qo‘shma ta’lim oliy maktabi dekani, professor Omilxon Ismoilovning ta’kidlashicha, Belarusga amalga oshirilayotgan hamkorlik safarlari davomida xorijlik talabalar orasida buyuk ajdodlar va ularning jahon tarixidagi o‘rniga qiziqish yuqori ekani kuzatilgan. Xususan, Belarus davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan darslardan birining Sohibqiron va Temuriylar davlati tarixiga bag‘ishlangani hamda talabalar orasida “Temur tuzuklari”ga qiziqish katta taassurot qoldirgan.

 

 

Ma’lum qilinishicha, aynan shu jarayonda asarni belarus tiliga tarjima qilish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Ikki yil davom etgan izlanishlar natijasida kitob tarjima qilinib, nashr etildi.

 

Mutaxassislar fikricha, mazkur nashr ikki xalq o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, tarixiy merosni keng targ‘ib etish hamda yosh avlodga Amir Temurning davlat boshqaruvi va harbiy san’atga oid qarashlarini ona tilida yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan “Temur tuzuklari”ni bir qator xorijiy tillarda nashr etish hamda 2030-yilgacha noyob qo‘lyozmalarni raqamlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” amalga oshirilayotgani qayd etildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"