O'zbekiston

“Navoiy” oilaviy poliklinikasida ilk chaqaloq — Shavkatjon dunyoga keldi

Saida Mirziyoyeva prezident topshirig‘i bilan Toyloq va Urgut tumanlarida bo‘ldi, yangilangan “Navoiy” poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi.

“Navoiy” oilaviy poliklinikasida ilk chaqaloq — Shavkatjon dunyoga keldi

Prezident topshirig‘iga muvofiq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

 

 

Tashrif doirasida Toyloq tumanida mahallalarni toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash maqsadida suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi.

 

 

Shuningdek, Urgut tumanida ham bo‘lib, yangi turar joylar, tibbiyot muassasalari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishi, mavjud obyektlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish jarayonlari bilan tanishildi.

 

 

Tashrif davomida Mirziyoyeva fermerlar oilasi — Haydarovlar xonadonida ham bo‘lib, ularning tajribasi bilan tanishdi. Ularning tajribasini ommalashtirish mumkinligi ta’kidlandi.

 

 

Bundan tashqari, Prezident topshirig‘i asosida tubdan rekonstruksiya qilingan “Navoiy” oilaviy poliklinikasi faoliyati ham o‘rganildi. Ushbu muassasada 16 ta qishloq ayollariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy tug‘ruq bo‘limi tashkil etilgan.

 

 

Ma’lum qilinishicha, yaqinda mazkur poliklinikada birinchi chaqaloq — Shavkatjon dunyoga kelgan. Saida Mirziyoyeva buni amalga oshirilayotgan ishlarning xayrli ekaniga ishora sifatida baholadi.

 

 

 

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"