O'zbekiston

Toshkentda “kvartiralar banki” tashkil etiladi

Renovatsiya hududidagi mulkdorlarga kompensatsiya sifatida yoki vaqtincha yashash uchun uy-joylar taqdim etiladi.

Toshkentda “kvartiralar banki” tashkil etiladi

Toshkent shahrida renovatsiya hududidagi mulkdorlarga kompensatsiya va vaqtincha yashash uchun uy-joy ajratishni ta’minlaydigan “kvartiralar banki” tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

 

Hujjatga ko‘ra, mazkur tizim renovatsiya loyihalarini samarali amalga oshirish hamda mulkdorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2031-yil 1-yanvarga qadar eksperiment tariqasida Tashkent Invest kompaniyasi tomonidan shakllantiriladi.

 

“Kvartiralar banki” uchun turar va noturar joylar taklif so‘rovi asosida xarid qilinadi. Ushbu uy-joylardan renovatsiya hududidagi mulkdorlarga kompensatsiya sifatida yoki vaqtincha ijara uchun foydalaniladi. Ularni taqsimlash tartibi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Qarorga muvofiq, Tashkent Invest “kvartiralar banki”ni shakllantirishda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanishi mumkin.

 

Shuningdek, renovatsiya hududlaridagi davlat mulki hisoblangan ko‘chmas mulklar utilizatsiya qiymati bo‘yicha kompaniya tasarrufiga o‘tkaziladi. Davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli ko‘chmas mulklar esa mustaqil baholash asosida uch yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi.

 

Bundan tashqari, kompaniyaga investorlar va pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan obyektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish hamda ularni elektron onlayn auksion orqali sotish huquqi beriladi. Renovatsiya doirasidagi tayyor biznes loyihalari uchun pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda tanlab olinadi.

 

Mazkur qarorda yana bir qator yangiliklar ham nazarda tutilgan. Jumladan, Toshkent shahridagi maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo markazlarida kitob do‘konlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi, Suv resurslarini boshqarish markazi tashkil qilinadi, shuningdek, poytaxtdagi 35 ta bozor va savdo majmuasi hamda ularning filiallari ommaviy savdolarga chiqariladi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"