Jahon

Qrimda elektr uzilishlari ortidan aholi issiq ovqat uchun navbatga turmoqda

Massandra shahrida elektrsiz qolgan aholiga har kuni yuzlab porsiya issiq ovqat tarqatilmoqda.

Qrimda elektr uzilishlari ortidan aholi issiq ovqat uchun navbatga turmoqda

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolida elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab aholi issiq ovqat olish uchun ko‘chalarda tashkil etilgan tarqatish punktlariga murojaat qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Qrimning Massandra shahrida mahalliy hokimiyat elektr energiyasi uzilgani tufayli uyida ovqat tayyorlay olmayotgan fuqarolar uchun dala oshxonasini tashkil qilgan. Shahar ma’muriyati rahbari Oksana Madyudning aytishicha, bu yerda har kuni qariyb 200 kishiga grechka va konservalangan go‘shtdan tayyorlangan issiq taom tarqatilmoqda.

 

Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilishlar ularni gaz plitalari va ballonlar izlashga majbur qilgan. Ayrim hududlarda elektr energiyasi 10 kungacha uzilib qolgan.

 

Rossiya 2014-yilda anneksiya qilgan Qrim yoz davomida Ukraina tomonidan elektr stansiyalari va boshqa muhim infratuzilma obyektlariga uyushtirilgan zarbalar oqibatida yoqilg‘i va elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.

 

Ukraina esa Rossiya hududi va Moskva nazoratidagi hududlarga uzoq masofali zarbalarni kuchaytirayotganini bildirib, buni mamlakatiga qarshi olib borilayotgan urushga javob chorasi sifatida izohlamoqda.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"