Jahon

AQSh Qeshm orolidagi uyga 900 kilogrammlik aviabomba tashlagan — NYT

Nashr tahliliga ko‘ra, hujum oqibatida bir oila a’zolari halok bo‘lgan, zarba berilgan hudud yaqinida esa harbiy obyektlar aniqlanmagan.

AQSh Qeshm orolidagi uyga 900 kilogrammlik aviabomba tashlagan — NYT

AQSHning Eronning Qeshm oroliga bergan zarbasi aholi zich yashaydigan hududdagi turar joyni nishonga olgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Times of India nashri The New York Times nashriga tayanib xabar berdi.

 

Nashr video, foto va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga tayanib, hujum oqibatida er-xotin va ularning ikki yoshli farzandi halok bo‘lganini yozdi. Oilaning yana ikki nafar farzandi vayronalar ostidan tirik qutqarilgan va shifoxonada davolanmoqda.

 

Qurol-yarog‘ bo‘yicha ekspertlar baholashicha, zarbada AQSH arsenalidagi eng yirik oddiy aviabombalardan biri — JDAM boshqaruv to‘plami bilan jihozlangan 2 ming funt (taxminan 900 kilogramm) og‘irlikdagi Mark 84 bombasi qo‘llangan bo‘lishi mumkin.

 

Surishtiruvda qayd etilishicha, portlash oqibatida kamida to‘qqiz metr diametrli o‘ra hosil bo‘lgan, bomba parchalari va shikastlangan avtomobillar 60 metrdan ortiq masofaga sochilib ketgan. Hujum natijasida qariyb 20 oila boshpanasiz qolgan.

 

The New York Times jurnalistlari vayron bo‘lgan uy atrofida harbiy obyektlar yoki zarba harbiy nishonga qaratilganini tasdiqlovchi dalillarni aniqlamaganini ma’lum qildi.

 

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) esa tinch aholi orasidagi ehtimoliy qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganayotganini bildirgan. Biroq qo‘mondonlik zarbaning asl nishoni nima bo‘lgani va nima sababdan aynan bunday yuqori quvvatli bomba qo‘llanganiga izoh bermagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.