Jahon

Nyu-Yorkda davosi va vaksinasi mavjud bo‘lmagan Burbon virusi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi

Olimlar "yolg'iz yulduz" kanasi orqali yuqadigan va maxsus davosi mavjud bo‘lmagan virus kutilganidan kengroq tarqalgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Nyu-Yorkda davosi va vaksinasi mavjud bo‘lmagan Burbon virusi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi

AQSHning Nyu-York shtatida kana orqali yuqadigan kam uchraydigan Burbon virusi bilan kasallanishning ilk holati tasdiqlandi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

 

Mutaxassislar virusga chalingan boshqa bemorlar ham bo‘lishi mumkin, biroq tashxis qo‘yish qiyinligi sababli ular aniqlanmay qolayotganidan ogohlantirmoqda. Stony Brook Medicine olimlari virusni Long-Aylendda yashovchi bemorda aniqlagan. Og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan bemorda o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvlari Burbon virusini tasdiqlagan.

 

Mutaxassislarga ko‘ra, virus "yolg'iz yulduz" kanasi orqali yuqadi. Kasallikning asosiy alomatlari orasida yuqori harorat, holsizlik, toshma, bosh va mushak-og‘riqlari hamda ko‘ngil aynishi bor. Hozircha Burbon virusiga qarshi na vaksina, na maxsus davolash usuli mavjud.

 

Shifokorlarning ta’kidlashicha, kasallik belgilari kana orqali yuqadigan boshqa infeksiyalarga o‘xshash bo‘lgani, shuningdek, Burbon virusini aniqlash uchun keng qo‘llaniladigan diagnostik test yo‘qligi sababli ko‘plab holatlar e’tibordan chetda qolishi mumkin.

 

Burbon virusi ilk bor 2014-yilda AQSHning Kanzas shtatida aniqlangan. O‘shandan buyon dunyo bo‘yicha atigi olti holat rasman qayd etilgan. Virus kamida ikki kishining o‘limi bilan bog‘langan, biroq olimlar haqiqiy kasallanish holatlari bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

 

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, Lone Star kanasi mamlakatning shimoli-sharqiy, janubiy va markaziy hududlarida keng tarqalgan. Shu bois mutaxassislar fuqarolarga tabiat qo‘ynida ehtiyot choralariga amal qilish, kana chaqqanidan keyin isitma yoki boshqa alomatlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.