Jahon

AQSHning 109 mln dollarlik F-35B qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Uchuvchi katapult tizimi yordamida qutqarilib, yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

AQSHning 109 mln dollarlik F-35B qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

AQSHning F-35B rusumidagi beshinchi avlod qiruvchi samolyoti Kaliforniya shtatida halokatga uchradi. Uchuvchi katapult tizimi yordamida samolyotni tark etishga muvaffaq bo‘lgan va uning hayotiga xavf yo‘qligi ma’lum qilindi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

AQSH Dengiz piyodalari korpusi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa San-Diyegodagi Miramar aviabazasi yaqinida yuz bergan. Uchuvchi voqea joyidan tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Uning ahvoli barqaror ekani, hayot uchun xavf tug‘dirmaydigan jarohatlar olgani bildirildi.

 

Hodisa joyidan olingan havodagi tasvirlarda samolyot qulagan daladan qalin qora tutun ko‘tarilgani ko‘rinadi. Voqea joyiga harbiylar, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va maxsus texnikalar jalb etilgan. Qutqaruvchilar samolyot halokati ortidan yuzaga kelgan o‘t-o‘lan yong‘inini bartaraf etish ishlarini olib borgan.

 

Miramar aviabazasi avvalroq AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining mashhur Top Gun qiruvchi uchuvchilar maktabiga mezbonlik qilgan. Mazkur maktab 1996-yilda Nevada shtatidagi Fallon aviabazasiga ko‘chirilgan.

 

F-35B — F-35 oilasining qisqa masofadan uchib chiqish va vertikal qo‘nish imkoniyatiga ega modifikatsiyasi hisoblanadi. Bir dona bunday samolyotning qiymati taxminan 109 million dollarni tashkil etadi.

 

AQSH Hisob palatasining (GAO) 2024-yildagi hisobotiga ko‘ra, AQSH Qurolli kuchlari tarkibida 630 tadan ortiq F-35 samolyoti xizmat qilmoqda. Kelgusida yana 1 800 dan ortiq samolyot xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, butun F-35 dasturining umumiy qiymati qariyb 2 trillion dollarga yetishi kutilmoqda.

 

Flight Safety Foundation tarkibidagi Aviation Safety Network ma’lumotlariga ko‘ra, bu joriy yil AQSHda halokatga uchragan kamida sakkizinchi harbiy samolyot bo‘ldi. Eng yirik aviahalokat iyun oyida Kaliforniyadagi Mojave cho‘lida sodir bo‘lib, B-52 strategik bombardimonchi samolyoti qulagani oqibatida bortdagi sakkiz kishining barchasi halok bo‘lgan.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.