O'zbekiston

IT eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish va 300 ming yoshni band qilish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt va raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

IT eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish va 300 ming yoshni band qilish rejalashtirilmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Mamlakatda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va aholi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, sohada 300 ming nafar yoshni band qilish hamda elektron hukumat rivoji bo‘yicha dunyoning yetakchi 30 davlati qatoriga kirish ustuvor vazifa etib belgilangan.

 

So‘nggi yillarda raqamlashtirishning iqtisodiyotga ta’siri sezilarli darajada oshdi. Soha yalpi qo‘shilgan qiymati yuqori sur’atlarda o‘sib, axborot-kommunikatsiya tarmog‘ida bandlik keskin kengaydi. Hozirda 11,9 mingdan ortiq IT korxona faoliyat yuritmoqda, ularning qariyb 1,4 mingtasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan.

 

Sun’iy intellekt yo‘nalishida 100 ga yaqin amaliy loyiha va 200 dan ortiq tajriba tashabbuslari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida AI texnologiyalari asosida ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida tahlil qilish natijasida energiya sarfi va tannarx kamayib, mehnat unumdorligi oshgan.

 

Mazkur yo‘nalishda 24 million dollarlik GPU-klaster asosida sun’iy intellekt infratuzilmasi ishga tushirilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar yana 45 million dollarlik qo‘shimcha quvvatlarni jalb etish rejalashtirilgan. Endilikda ushbu infratuzilmani aniq iqtisodiy natija beradigan loyihalar bilan uyg‘unlashtirish muhim vazifa sifatida belgilandi.

 

Taqdimotda turli sohalarda sun’iy intellektni keng qo‘llash rejalari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, sog‘liqni saqlashda kasalliklarni erta aniqlash, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni prognozlash, transportda xavfsizlikni oshirish, sanoatda ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish kabi yo‘nalishlarda AI yechimlarini keng joriy etish nazarda tutilmoqda.

 

Startap ekotizimini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatda startaplar soni 950 taga yetgan, venchur fondlar soni 22 taga ko‘paygan, umumiy ekotizim qiymati esa 4,3 milliard dollarga baholanmoqda. Startaplarni qo‘llab-quvvatlash doirasida yangi tanlovlar va mukofot jamg‘armalari kengaytirilmoqda, jumladan “President AI Award”ni joriy etish taklif qilindi.

 

Hududlarda raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida yangi IT-Park filiallari tashkil etish, Nurafshon shahrida zamonaviy R&D markazi barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu markaz yuqori texnologiyali laboratoriyalar, sun’iy intellekt hisoblash tizimlari va startaplar uchun infratuzilmani o‘z ichiga oladi.

 

Raqamli ta’limni rivojlantirish doirasida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, maktablarda raqamli infratuzilmani yaxshilash, kompyuter sinflarini yangilash va Wi-Fi qamrovini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

 

Shuningdek, mahalliy IT mahsulotlari ulushini oshirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish, kiberxavfsizlikni mustahkamlash va davlat axborot tizimlarini yagona platforma asosida integratsiya qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Davlat rahbari sun’iy intellekt va raqamlashtirish iqtisodiyot samaradorligi, davlat boshqaruvi sifati va mamlakat raqobatbardoshligini belgilovchi strategik yo‘nalish ekanini ta’kidlab, sohaga oid ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

IT eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish va 300 ming yoshni band qilish rejalashtirilmoqda | Zamon.uz