Jahon

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi

Sobiq elchi rossiyaliklarga noqonuniy viza sotishda ayblanmoqda.

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Piergabriele Papadia de Bottini di Sant’Agnese Rim shahrida korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish ayblovlari bilan hibsga olindi.

 

Italiyaning “la Repubblica” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Rim prokuraturasi sobiq diplomatni rossiyalik fuqarolar uchun noqonuniy tarzda uzoq muddatli turistik vizalar rasmiylashtirish sxemasini tashkil etganlikda gumon qilmoqda.

 

Tergovchilar fikricha, Papadia o‘z yordamchisi Tatiana Tarakanova bilan birgalikda Shengen hududi talablariga javob bermaydigan shaxslarga vizalar berilishiga ko‘maklashgan. Rasmiy konsullik yig‘imi 45–60 yevro bo‘lganiga qaramay, noqonuniy vizalar uchun 4 mingdan 16 ming yevrogacha mablag‘ olingani aytilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu sxemada Moskvadagi bir nechta turoperatorlar ham ishtirok etgan. Hujjatlar Italiyaning Toshkentdagi elchixonasiga yuborilgan va ayrim murojaatchilar O‘zbekistonda yashamagani hamda konsullikka shaxsan kelmagani qayd etilgan.

 

Surishtiruv ishlari 2025-yilda Italiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan inspeksiyadan so‘ng boshlangan. Tekshiruv davomida viza rasmiylashtirish jarayonida ko‘plab qoidabuzarliklar aniqlangan.

 

Hozirda tergov organlari sobiq diplomatga tegishli qiymati qariyb 3 million yevroga baholanayotgan mol-mulklarni ham o‘rganmoqda. Papadia esa ushbu mablag‘larni meros orqali olganini bildirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"