Jahon

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

Afg‘oniston poytaxti Kobulning g‘arbiy qismidagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir necha o‘quvchi, jumladan, bolalar jarohatlangan.

 

Portlash 17-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:30 atrofida Kobulning 13-mavzesidagi Dasht-e-Barchi hududining Mahdia shaharchasida joylashgan “Sham-e-Hedayat” xususiy maktabida yuz bergan.

 

KabulNow nashriga ko‘ra, o‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab qarshisidagi tor ko‘chadan uning hovlisiga granata otilgan. Portlash oqibatida bir necha kishi jarohatlangan, biroq ularning aniq soni hozircha ma’lum qilinmagan.

 

Jabrlanganlarning aksariyati yosh bolalar ekani, ular orasida qizlar va o‘g‘il bolalar ham borligi aytilmoqda. Jarohatlangan bir necha o‘quvchi shifoxonalarga olib ketilgan. Ularning ahvoli va jarohatlarining og‘irlik darajasi hozircha noma’lum.

 

Hodisa joyida tez yordam mashinalari ishlagani va jarohatlanganlarni shifoxonalarga olib ketgani aks etgan videolar ham tarqalgan.

 

Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Tolibon hukumati ham hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

 

Portlash sodir bo‘lgan Dasht-e-Barchi Kobulning aholi zich joylashgan hududlaridan biri bo‘lib, bu yerda asosan shia hazoralar jamoasi istiqomat qiladi. Mazkur hudud avval ham jangari guruhlar, xususan, “Islomiy davlat”ning Afg‘onistondagi bo‘linmasi — ISIS-K tomonidan hujumlarga uchragan.

 

ISIS-K so‘nggi yillarda Afg‘onistonda hazora fuqarolariga qarshi qator hujumlarni amalga oshirgan. Guruh maktab, shifoxona, masjid, jamoat transporti va boshqa fuqarolik obyektlarini ham nishonga olgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"