O'zbekiston

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston yer maydonlarini almashish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan keyingi amaliy qadamlarni belgilab oldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

 

Bu masala Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida bo‘lib o‘tgan ikki davlatning qo‘shma ishchi komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda almashinadigan hududlar aholisi fuqaroligi, ularni ko‘chirish, davlat mulki obyektlarini qabul qilish va topshirish, fuqarolarning mulkiy huquqlarini rasmiylashtirish, yerdan foydalanish hamda ijtimoiy himoya masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, mazkur hududlar aholisi uchun ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

 

Yig‘ilish yakunida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari hamda mahalliy hokimiyat organlari vakillaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

 

Ishchi guruh hududlarni almashish bilan bog‘liq masalalarni amaliy jihatdan hal etish bilan shug‘ullanadi. Uning vakillari ayirboshlanadigan hududlarga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar va natijalar haqida komissiya hamraislariga muntazam axborot taqdim etadi.

 

Qirg‘iziston tomonidan komissiyaga vazirning birinchi o‘rinbosari Kamchibek Dosmatov, O‘zbekiston tomonidan esa ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari B. B. Qudratxo‘jayev rahbarlik qilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"