O'zbekiston

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tashkil etilgan Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali hamda Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Mamlakatda oliy ta’limni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, xorijiy nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti hamkorligida yangi ta’lim majmuasi barpo etildi. 

 

 

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

 

Ta’lim majmuasida 560 o‘rinli o‘quv bloklari, kutubxona, sport zali, 200 o‘rinli madaniyat saroyi va 118 o‘rinli oshxona mavjud. Shuningdek, ikkinchi to‘rt qavatli binoda 628 o‘rinli auditoriyalar va 224 o‘rinli talabalar turar joyi tashkil etilgan.

 

 

2026-yil uchun filialga qabul kvotasi 160 nafar etib belgilangan. Kelgusida yillik qabulni 500 nafarga, talabalar sonini esa 2 ming nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

 

Bu yerda ta’lim kunduzgi va masofaviy shakllarda, o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi. Bakalavriat bosqichida xalqaro xitoy tili ta’limi, turizm boshqaruvi, xalqaro biznes va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

 

 

Magistratura bosqichida esa Xitoy tili va madaniyatini o‘qitish metodikasi, ta’lim boshqaruvi, shuningdek, sun’iy intellekt va ta’lim texnologiyalari yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

Filial diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi. Iqtidorli bitiruvchilarga Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida grant asosida o‘qishni davom ettirish hamda nufuzli tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyati yaratiladi.

 

Ayni paytda Xorazm viloyatida xitoylik investorlar ishtirokida umumiy qiymati 2 milliard 343 million dollarlik 38 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarda zamonaviy texnologiyalarni yaxshi biladigan va xitoy tilini puxta egallagan malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.

 

 

Yangi ta’lim muassasasi va Konfutsiy instituti ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

 

Davlat rahbari ta’lim dasturlarini iqtisodiyot va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, talabalar zamonaviy texnologiyalar va xorijiy tillarni puxta egallashi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladi.

 

Tashrif davomida Prezidentga yagona milliy turizm platformasi hamda turizm sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat va yengilliklar ham taqdimot qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.