Jahon

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

Qozog‘istonning Jambil viloyati Merke tumanida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Madina Rashid qizining jasadi topildi. Uning o‘limi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov olib borilmoqda.

 

Qozog‘iston politsiyasi mazkur holat bo‘yicha o‘z joniga qasd qilishga undash moddasi bilan ish ochilganini ma’lum qilgan. Hozirda voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda. Tergovga oid boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

 

Mahalliy Qumash.kz nashrining yozishicha, Madina vafotidan oldin dugonasiga eri bilan munosabatlaridagi muammolar haqida gapirgan. U turmush o‘rtog‘i bilan tez-tez janjallashgani va uning tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchraganini aytgan. Shuningdek, qiz eridan ketmoqchi bo‘lganini bildirgan.

 

Dugonasining so‘zlariga ko‘ra, Madina so‘nggi janjal haqida ham unga yozgan. Mojaro eri sakkiz oylik farzandi uchun olib kelgan “Barni” biskvitini Madina yeb qo‘ygani sababli yuzaga kelgan. Dugonasining ta’kidlashicha, shundan keyin erkak uni urgan.

 

Ertasi kuni Madina buyumlarini yig‘ib qo‘yganini ko‘rsatib, dugonasiga surat yuborgan va uydan ketmoqchi ekanini aytgan. 

 

Shuningdek, yo‘l xarajatlari uchun 15 ming tenge so‘ragan. Biroq dugonasi o‘sha paytda pul topa olmagan. Shundan keyin Madina bilan aloqa uzilgan. Keyinchalik uning qaynonasi dugonasiga Madinaning vafot etganini ma’lum qilgan.

 

Madina O‘zbekiston fuqarosi, uning eri esa Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan. Ular qariyb ikki yil avval turmush qurgan, sakkiz oylik farzandi bo'lgan. Dugonasining so‘zlariga ko‘ra, Madina homilador bo‘lishi ham mumkin edi.

 

Marhumaning dugonasi Madinaning o‘limi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan shubhalar bildirgan. U qizning tanasida jarohatlar bo‘lganini aytib, voqeani to‘liq tekshirishga chaqirgan. Biroq bu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

 

Politsiya tergov yakuniga qadar o‘lim sababi yoki muayyan shaxslarning aybdorligi haqida xulosa bermagan. Marhumaning yaqinlari esa uning o‘limi bilan bog‘liq barcha holatlar to‘liq va xolis aniqlanishini talab qilmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"