O'zbekiston

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Xiva shahrida tarixiy meros va zamonaviy shaharsozlik yechimlarini uyg‘unlashtirgan xalqaro turistik shaharcha barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev shaharcha loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

 

Umumiy maydoni 12,3 gektar bo‘lgan majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi. Muzeyda tarixiy va zamonaviy eksponatlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Turistik shaharchaning me’moriy konsepsiyasi Xorazmning ko‘p asrlik shaharsozlik an’analari asosida ishlab chiqilgan. Jumladan, 1511-yilda Xiva xonligining ilk poytaxti bo‘lgan qadimiy Vazir shahrining tarixiy tuzilishi va ko‘chalar tarmog‘i konsepsiyaga asos qilib olingan.

 

Majmuaning salmoqli qismi yashil hududlar va sayr yo‘laklariga ajratiladi. Bu yerda sharsharali favvoralar va ichki ariqlar barpo etiladi. Avtoturargohlarda esa quyosh panellari o‘rnatilgan soyabonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi to‘qqiz yilda Xorazmda 280 ta mehmonxona va mehmon uyi qurilgan, mehmonxona fondi to‘rt barobar oshgan. So‘nggi besh yilda viloyatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni esa 10 baravarga ko‘paygan.

 

Yangi turistik shaharcha Ichan-qal’aga tushayotgan turistik yuklamani kamaytirish, sayyohlar uchun yangi yo‘nalish va xizmatlarni taklif etish hamda ularning Xorazmda qolish muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

 

Loyiha doirasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi uchun avtomobillar harakatidan xoli yashil dam olish hududlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.