O'zbekiston

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Xorazm viloyatida umumiy qiymati 176 million dollar bo‘lgan 12 ta loyiha ishga tushirildi. Shuningdek, xorijiy hamkorlar ishtirokida qiymati 7 milliard 424 million dollarlik 15 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi.

 

 

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi 17-avgust kuni Xiva shahridagi “Farovon Khiva Hotel” mehmonxonasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda qayd etilishicha, so‘nggi to‘qqiz yil davomida Xorazm viloyatiga 7,5 milliard dollar investitsiya kiritilib, 9,7 mingta yangi quvvat ishga tushirilgan. Kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 33 trillion so‘mdan ziyod kredit ajratilgan.

 

 

Natijada viloyatda aholining real daromadlari ikki baravar oshgan. Kambag‘allik darajasi 4,4 foizga, ishsizlik esa 4,5 foizga tushgan. 72 ta mahalla “ishsizlik va kambag‘allikdan holi” hududga aylangan. Viloyatda transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. 

 

So‘nggi to‘qqiz yilda 280 ta mehmonxona va mehmon uyi qurilgan, mehmonxona fondi to‘rt baravar oshgan. Oxirgi besh yilda Xorazmga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni esa 10 baravarga ko‘paygan.

 

 

Tadbirda 2026-yilda viloyatga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2 milliard dollardan oshayotgani ta’kidlandi. Yil boshidan buyon Urganch va Xiva shaharlari, Tuproqqal’a hamda Urganch tumanlarida kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari va turizm yo‘nalishlaridagi loyihalar uchun zarur infratuzilma yaratilgan.

 

Shuningdek, Urganch xalqaro aeroportidan Xivagacha elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi foydalanishga topshirildi. Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li ham ishga tushirilmoqda. Mazkur yo‘l orqali Urganchdan Xivaga yetib borish vaqti 45 daqiqadan 20 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.

 

 

Yangi loyihalar orasida Tuproqqal’a tumanida BAA hamkorligida 6 milliard dollarlik ekologik aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihasi, 170 million dollarlik bioetanol korxonasi, Urganch shahrida 30 million dollarlik mehmonxona va savdo-ko‘ngilochar majmuasi hamda Urganch tumanida 100 million dollarlik chiqindilarni qayta ishlash va 71 megavatt “yashil” energiya ishlab chiqarish loyihasi bor.

 

Bundan tashqari, Xiva yaqinida 120 million dollarlik “Sahro yulduzi” turistik majmuasi, Urganch tumanida 26 million dollarlik mis sanoati klasteri va 60 million dollarlik optik tolali kabellar ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi.

 

 

Al-Xorazmiy shaharchasida 5 ming talabaga mo‘ljallangan universitet, mehmonxona, dam olish va savdo majmualari, Urganch shahrida esa “Investorlar uyi” qurilishi rejalashtirilgan. Loyihalar natijasida jami 6,6 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi loyihalarni ishga tushirdi va istiqboldagi loyihalar qurilishiga start berdi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"