Jahon

AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish rezolyutsiyasini yana rad etdi

Hujjatni 49 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 50 nafari unga qarshi ovoz bergan.

AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish rezolyutsiyasini yana rad etdi

 

AQSh Senati Eron bilan harbiy mojaroni tugatishga qaratilgan rezolyutsiyani yana rad etdi. Senatdagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, hujjatni 49 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 50 nafari unga qarshi ovoz bergan. Shu tariqa mazkur tashabbus Senatda ketma-ket yettinchi marotaba qabul qilinmay qoldi deb xabar beradi TASS.



Rezolyutsiya AQSh ma’muriyatini Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirishni nazarda tutgan. Uni qo‘llab-quvvatlagan senatorlar orasida Respublikachilar partiyasining uch vakili — Rend Pol, Liza Murkovski va Syuzan Kollinz ham bo‘lgan. Demokratlar orasida esa Pensilvaniya shtati senatori Jon Fetterman hujjatga qarshi ovoz bergan yagona senator sifatida qayd etilgan.



AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik so‘nggi oylarda yanada kuchaygan. AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari ortidan mintaqadagi xavfsizlik vaziyati murakkablashgan. Tomonlar o‘rtasida vaqtinchalik sulh e’lon qilinganiga qaramay, uzoq muddatli kelishuvga erishish bo‘yicha muzokaralar hozircha natija bermagan.



AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Eron bilan ikki haftalik sulh rejimi joriy etilganini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik Vashington sulh muddatini uzaytirish niyatini bildirgan. Biroq Eron tomoni AQShning bir tomonlama qarorlarini tan olmasligini va o‘z manfaatlari asosida harakat qilishini ma’lum qilgan.



Shuningdek, AQSh ma’muriyati may oyida Kongress rahbariyatiga Eron bilan urush yakunlangan deb hisoblanayotgani haqida rasman axborot yuborgan edi.



Eron tomoni esa mamlakat hududiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida minglab odamlar halok bo‘lganini bildirgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"