Jinoyat

Toshkentda narkolaboratoriya aniqlandi

Manzildan “Pregabalin”, “Tropikamid”, 16 kg “Trilon-B” kabi vositalar, prekursorlar, katta miqdordagi kapsula va flakonlar olindi.

Toshkentda narkolaboratoriya aniqlandi

Chilonzorda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasi Chilonzor tumanida to‘xtatilib, tekshirildi.   

 

Natijada uning salonida 15 dona kapsulada “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

 

So‘ngra, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu dorilarni sotgan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro Chilonzor tumanidagi xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgan bo‘lib, ushbu manzildan 955 gr va 538 dona “Pregabalin”, 227 gr va 28 dona “Tropikamid”, 16 kg “Trilon-B” hamda sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, katta miqdordagi kapsula va flakonlar olindi.   

 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"