Jahon

Fransiyada ona va ikki farzandlari maktabga bostirib kirib, o‘quvchilarga hujum qildi

Ularning avtomobilidan bir nechta qurol, bir nechta pichoq va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ballonchasi topilgan.

Fransiyada ona va ikki farzandlari maktabga bostirib kirib, o‘quvchilarga hujum qildi

 

Fransiyaning Tuluza shahridagi maktablardan birida ona va uning ikki farzandi ishtirokida sodir bo‘lgan qurolli hujum yuzasidan tergov boshlandi. Le Figaro xabariga ko‘ra, ular pichoqlar bilan ta’lim muassasasiga bostirib kirib, o‘quvchilarga hujum qilgan.



Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea maktab nazoratchisi va o‘quvchilardan biri o‘rtasidagi janjaldan so‘ng yuzaga kelgan. O‘smir oilasiga qo‘ng‘iroq qilganidan keyin bir necha daqiqa ichida uning qarindoshlari maktabga kelgan.



Guvohlarning aytishicha, ayol vaziyatni tinchlantirish o‘rniga mojaroning yanada keskinlashishiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng uch kishi maktab hududiga kirib, nazoratchi hamda ikki nafar voyaga yetmagan qizga hujum qilgan.



Hodisa yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilgan va gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ular guruh bo‘lib qurol bilan ta’lim muassasasiga bostirib kirish hamda zo‘ravonlik sodir etishda ayblanmoqda.



Tuluza prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha qotillikka urinish moddasi bilan tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qilgan. Politsiya gumonlanuvchilarning avtomobilidan bir nechta pichoq, qassob pichog‘i, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ballonchasi hamda soxta to‘pponcha topgan.



Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yengil tan jarohatlari olgan. Shu bilan birga, hodisaning o‘quvchilar va maktab xodimlariga jiddiy psixologik ta’sir ko‘rsatgani qayd etilmoqda.



Voqeadan so‘ng o‘quvchilar uylariga jo‘natilgan. Tuluza ta’lim boshqarmasi barcha xizmatlar xavfsizlikni ta’minlash uchun safarbar qilinganini bildirgan. Maktabda psixologik yordam markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, 15-aprel kuni Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatidagi maktabda yuz bergan otishmada to'qqiz kishi halok bo'lgan va 21 kishi jarohatlangan edi. 14-aprel kuni Shanliurfa viloyatidagi maktabda o'n to'qqiz kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"