Jahon

Rossiyada 200 dan ortiq o‘zbekistonlikni noqonuniy qonuniylashtirgan guruh fosh etildi

Noqonuniy sxemaga 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi rahbarlik qilgan.

Rossiyada 200 dan ortiq o‘zbekistonlikni noqonuniy qonuniylashtirgan guruh fosh etildi

 

Rossiyaning Voronej viloyatida O‘zbekiston fuqarolarining noqonuniy migratsiyasini tashkil etish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Voronej viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lum qildi.



Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noqonuniy sxemaga 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi rahbarlik qilgan. U uch nafar mahalliy aholini — 56 yoshli ayol, 44 yoshli erkak hamda 73 yoshli nafaqaxo‘rni ushbu faoliyatga jalb qilgan.



Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh 2024-yil iyun oyidan buyon faoliyat yuritib kelgan. Ular pul evaziga O‘zbekistondan kelgan migrantlar uchun soxta ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari, shuningdek, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihonlardan o‘tgani haqidagi qalbaki sertifikatlarni tayyorlab bergan.



Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sxema orqali 200 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada noqonuniy ravishda qonuniylashtirilgan.



Tintuvlar davomida kompyuter texnikalari, planshet va noutbuklar, mobil telefonlar, bank kartalari, tijorat muhrlari, migrantlarga tegishli pasportlar hamda mingdan ortiq migratsion hujjatlar nusxalari musodara qilingan.



Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog‘liq moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Guruh rahbari hibsga olingan, qolgan gumonlanuvchilarga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"