Jinoyat

Samarqandda erkak xotini va bojasini do‘pposladi

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqeaga er-xotin o‘rtasida rashk sabab kelib chiqqan mojaro sabab bo‘lgan.

Samarqandda erkak xotini va bojasini do‘pposladi

Samarqand shahrida yashovchi erkak rashk oqibatida kelib chiqqan janjal davomida turmush o‘rtog‘i va bojasiga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 13-iyun kuni soat 20:00 atrofida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1993-yilda tug‘ilgan D.M. turmush o‘rtog‘i D.R. bilan yuzaga kelgan oilaviy mojaro vaqtida uni urgan. Mojaroni tinchlantirish maqsadida janjalga aralashgan boja A.A. ham erkakning tajovuziga uchragan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi 3-qismi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) hamda 109-moddasi 1-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etganlikda gumonlanmoqda

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"