Jahon

AQSh Hormuz bo‘g‘ozi masalasida Eronga yangi talablar qo‘ydi

Vashington Tehrondan Hormuz orqali o‘tuvchi kemalarga hujum qilinmasligini e’lon qilishni so‘radi.

AQSh Hormuz bo‘g‘ozi masalasida Eronga yangi talablar qo‘ydi

 

AQSh ma’muriyati Erondan Hormuz bo‘g‘ozida xalqaro kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha rasmiy bayonot berishni talab qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi AQSh rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington Tehrondan Hormuz bo‘g‘ozidagi barcha suv yo‘llari xalqaro kemalar uchun ochiq ekanini rasman e’lon qilishni hamda bo‘g‘oz orqali harakatlanayotgan kemalarga hujum qilinmasligini ochiq bayon etishni so‘ramoqda.

 

AQSh rasmiylaridan birining ta’kidlashicha, Vashington, shuningdek, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalardan hech qanday to‘lov undirmasligini ham rasman ma’lum qilishini kutmoqda.

 

“Biz eronliklardan Hormuz bo‘g‘ozidagi barcha suv yo‘llari ochiq ekanini va endi kemalarga o‘q uzilmasligini ommaviy ravishda e’lon qilishlarini talab qilamiz”, — degan AQSh rasmiysi.

 

Axios xabariga ko‘ra, AQSh ushbu bayonot 11-iyul kuni e’lon qilinishiga umid qilmoqda.

 

Reuters qayd etishicha, AQSh rasmiylari so‘nggi kunlarda Vashington va Tehron o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarni samarali deb baholamoqda. Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"