Jahon

Moskvada dovul oqibatida metro bekatini suv bosdi, ikki kishini chaqmoq urdi

Ob-havoning yomonlashishiga "Bernadett" va Kaspiy dengizi tomondan harakatlanayotgan "Kaspiyets" siklonlarining qo‘shilishi sabab bo‘lgan.

Moskvada dovul oqibatida metro bekatini suv bosdi, ikki kishini chaqmoq urdi

11-iyul oqshomida Moskva va Moskva viloyatida kuchli jala, yirik do‘l hamda dovul kuzatildi. Noqulay ob-havo oqibatida metro bekatini suv bosdi, daraxtlar qulashi sabab tramvaylar harakati to‘xtadi, ikki kishini esa chaqmoq urdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, ob-havoning keskin yomonlashishiga Shimoliy Atlantikadan kelayotgan "Bernadett" va Kaspiy dengizi tomondan harakatlanayotgan "Kaspiyets" siklonlarining qo‘shilishi sabab bo‘lgan.

 

Dovul oqibatida "Trubnaya" metro bekati vestibyulini suv bosgan. Verxniy Susalniy tor ko‘chasida daraxtlar qulagani sabab tramvaylar qatnovi to‘xtatilgan. Shuningdek, "Vinzavod" majmuasidagi binolardan birining tomi uchib ketgan, shahar markazidagi bir nechta yozgi ayvonlar zarar ko‘rgan.

 

Varshava shossesidagi "Trud" stadionida futbol tomosha qilayotgan ikki erkakni chaqmoq urgan. Oqibatda ular hushidan ketgan.

 

Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik dushanbagacha davom etadi. Shu vaqt ichida Moskva hududiga iyul oyidagi yog‘in me’yorining 90 foizigacha yog‘ishi mumkin.

 

Moskva shahar ma’muriyati aholini zarurat bo‘lmasa shaxsiy avtomobildan foydalanmaslikka hamda metro orqali harakatlanishga chaqirdi. Kuchli jala shanba oqshomida Sankt-Peterburg shahrida ham kuzatildi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"