Jahon

Qirg‘izistonda amaldorlarga qarindoshlarini ishga qabul qilish va sovg‘a olish taqiqlandi

Hujjat 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurash davlat strategiyasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan.

Qirg‘izistonda amaldorlarga qarindoshlarini ishga qabul qilish va sovg‘a olish taqiqlandi

Qirg‘izistonda davlat fuqarolik va munitsipal xizmatchilari uchun korrupsiyaga qarshi yagona xulq-atvor standartlari tasdiqlandi. Bu haqda Akipress xabar berdi.

 

Yangi qoidalarga ko‘ra, amaldorlarga yaqin qarindoshlarini lavozimga tayinlashda ishtirok etish, ularga xizmat bo‘yicha homiylik qilish hamda xizmat vazifasi bilan bog‘liq sovg‘a va mukofotlarni qabul qilish taqiqlandi.

 

Tegishli standartlar Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qosimaliyevning 2026-yil 30-iyundagi farmoyishi bilan tasdiqlangan.

 

Hujjat 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurash davlat strategiyasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan. Unga muvofiq, vazirliklar, idoralar va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari uch oy ichida namunaviy hujjat asosida o‘zlarining ichki korrupsiyaga qarshi standartlarini ishlab chiqishi va amaliyotga joriy etishi lozim.

 

Yangi standartlarga ko‘ra, davlat xizmatchilariga ayrim shaxslar uchun alohida imtiyozli sharoitlar yaratish, davlat mulki va xizmat ma’lumotlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish ham taqiqlanadi. Xizmat vazifasi bilan bog‘liq sovg‘alarni qabul qilishga faqat rasmiy protokol sovg‘alari bundan mustasno bo‘lib, ular davlat organi balansiga topshirilishi shart.

 

Bundan tashqari, davlat xizmatchilari manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda bu haqda rahbarini xabardor qilishi va tegishli qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmasligi kerak.

 

Hujjat talablarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo, jumladan ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan choralar qo‘llaniladi. Agar korrupsiya yoki boshqa jinoyat alomatlari aniqlansa, materiallar prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"