O'zbekiston

2025-yilda Bolalar ombudsmaniga 2 mingga yaqin murojaat kelib tushdi

Bu 2024-yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p bo‘lib, ularning 509 tasi ijobiy hal etilgan, 708 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

2025-yilda Bolalar ombudsmaniga 2 mingga yaqin murojaat kelib tushdi

2025-yilda Oliy Majlis huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakilga 1934 ta murojaat kelib tushdi. Bu 2024-yildagi 1064 ta murojaatga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p. Bu haqda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonovaning Senat majlisidagi hisobotiga tayanib, "Gazeta.uz" xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, kelib tushgan murojaatlarning 509 tasi ijobiy hal etilgan, 708 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahridan — 470 ta, Surxondaryo viloyatidan — 254 ta va Toshkent viloyatidan — 236 ta kelib tushgan.

 

Bolalar ombudsmani idorasi murojaatlar tahlili va monitoring natijalari asosida bola huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar yuzasidan 3 ta ogohlantirish, 6 ta taqdimnoma, 25 ta xulosa hamda sud qarorlariga nisbatan protest kiritish bo‘yicha 3 ta iltimosnoma kiritgan.

 

Murojaatlarni o‘rganish davomida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi va 26 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi 20 ta qaror bekor qilinib, qo‘shimcha dastlabki tergov tekshiruvi o‘tkazish uchun qayta yuborilgan.

 

Bolalar ombudsmani internetda o‘tkazilgan monitoring natijalariga ham to‘xtalib, bola huquqlari buzilishi bilan bog‘liq aniqlangan holatlar yuzasidan 23 ta jinoyat ishi va 28 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

 

Surayyo Rahmonovaning aytishicha, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy jazo qo‘llash va kasbiy faoliyatga loqayd munosabatda bo‘lish holatlari uchun 15 nafar pedagog ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun esa 6 nafar pedagogga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, bolalarga nisbatan qonunchilik talablarini buzgan ikki nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

 

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonovaning ta’kidlashicha, 2025-yilda sudlar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 937 nafar shaxsga nisbatan 666 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Uning fikricha, bu profilaktik choralar yetarli emasligi va qonunchilikda ayrim bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatadi.

 

“Ayniqsa, mazkur jinoyat ishlarining 72 tasi ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga tegishli ekani jiddiy xavotir uyg‘otadi”, — dedi Orzigul Kozixonova.

 

Bolalar ombudsmani ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda sudlar tomonidan 3301 nafar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan 2584 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu jami jinoyatlarning 4,09 foizini tashkil etgan. Shu bilan birga, 1917 nafar maktab o‘quvchisi tomonidan 1783 ta jinoyat sodir etilgani qayd etilgan.

 

Bolalarni tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun 224,9 ming nafar ota-ona ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

Orzigul Kozixonova oilaviy muhit, tarbiya va nazorat masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat organlari va mahalla tizimi tomonidan muvofiqlashtirilgan hamda manzilli profilaktik ishlar kuchaytirilishi zarur.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.