"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko
Belarus Prezidenti urushning tugashi tarafdori ekanligini bildirib, Zelenskiyni kelishuvga chaqirdi.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ʼ"PUL Pervogo"ga bergan intevryusida Ukraina Prezidenti Zelenskiyni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskvaga borib, Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazishga va uch slavyan xalqi kelishib olishiga chorladi.
Lukashenko urush va Ukraina, Belarus hamda Rossiyaning kelajagi haqida xavotirda ekanligini bildiradi. "Agar u taklifimga ko‘nsa, xalq ham bundan mamnun bo‘ladi va aksincha borishni qabul qilmasa, unda uning o‘zi avtomat bilan frontga borib urushda qatnashsin!" - deydi Lukashenko.
Zelenskiy esa bunga qarshi unga javoban "Lukashenko Putinni olib, Kiyevga kelsin, ularga xavf tug‘diradigan hech qanday harakat sodir etilmaydi. Zero, biz shunchaki muzokara olib boramiz" - dedi.







