O'zbekiston

Bir paytlar Farg‘onaning yuragi bo‘lgan Axsikent bugun qanday ko‘rinishda?

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida, Sirdaryoning sokin oqimi bo‘yida qad rostlagan Axsikent xarobalari bugun ham o‘tmishning ulug‘ hikoyalarini so‘zlab turadi.

Bir paytlar Farg‘onaning yuragi bo‘lgan Axsikent bugun qanday ko‘rinishda?

Bir zamonlar Farg‘ona vodiysining yuragi bo‘lgan bu maskan hozir sukunat bag‘rida. Ammo xarobalar orasida yurganingizda, go‘yo ming yillik tarix nafasi yuzingizga urilgandek bo‘ladi. Zamon.uz muxbiri qadimiy Axsikent yodgorligida bo‘lib, buyuk saltanatlar izlari, Bobur nafasini saqlab qolgan devorlar bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Miloddan avvalgi III–II asrlarda bunyod etilgan Axsikent asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining eng muhim nuqtalaridan biri sifatida yashab kelgan. Karvonlar aynan shu yerda to‘xtagan, savdogarlar sharq va g‘arbni bog‘lagan, ustalar esa o‘z mahorati bilan dunyoni lol qoldirgan.

 

 

Tarixchilarga ko‘ra, IX–X asrlarda Axsikent Farg‘ona vodiysining poytaxti darajasiga ko‘tarilgan. O‘sha davrda shaharda zarb qilingan tangalar Somoniylar davlati hududida keng muomalada bo‘lgan. Bu esa Axsikentning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy markaz ham bo‘lganini tasdiqlaydi.

 

 

Qadimiy shaharning mudofaa devorlari bugun xaroba holatda bo‘lsa-da, ularning qudratini tasavvur qilish qiyin emas. Devorlarning balandligi qariyb 20 metr, qalinligi esa 10 metrga yetgan. Beshta darvoza va chuqur xandaqlar bilan o‘ralgan bu qal’a o‘z davrining eng mustahkam shaharlaridan biri hisoblangan.

 

 

Arxeologik topilmalar Axsikent aholisi yuqori turmush madaniyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. V–VII asrlarda qurilgan uylarda alohida oshxona, ombor, yotoqxona va hatto toza suv quduqlari mavjud bo‘lgan. Devorlarga rangli bezaklar ishlangan, xonalarni isitish uchun esa sandalga o‘xshash maxsus o‘choqlardan foydalanilgan.

 

 

Axsikent nomi buyuk sarkarda va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti bilan ham chambarchas bog‘liq. Boburning otasi Umarshayx Mirzo II aynan shu shaharda hukmronlik qilgan va uni o‘zining asosiy qarorgohiga aylantirgan.

 

 

Bobur “Boburnoma”da Axsikent haqida shunday yozadi: “…Farg‘onada Andijondin so‘ngra mundin ulug‘roq qasaba yo‘qtur… Umarshayx Mirzo muni poytaxt qilib edi.”

 

Bu satrlar Axsikentning o‘sha davrdagi qudrati va nufuzini yaqqol namoyon etadi.Ammo tarixda yuz bergan shafqatsiz urushlar buyuk shaharga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

 

 

Qoraxitoylar bosqini, Chingizxon qo‘shinlarining hujumlari va nihoyat, 1621-yildagi dahshatli zilzila Axsikentni xarobaga aylantiradi. Shundan so‘ng aholi Namangan tomonga ko‘chib ketgan.

 

 

Bugun esa qadimiy shahar xarobalari yana tarix ixlosmandlari, olimlar va sayyohlarni o‘ziga chorlamoqda. Sirdaryo bo‘yida jimjit yotgan bu maskan go‘yo hali-hanuz buyuk ajdodlar ovozini saqlab qolgandek.Axsikent — bu oddiy xaroba emas. Bu — Farg‘ona vodiysining ming yillik yuragi, Bobur izlari saqlangan muqaddas maskan va o‘zbek xalqining boy sivilizatsiyasidan darak beruvchi noyob tarixiy xotiradir.

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"