Jahon

AQSH sudi Tramp nomini Kennedi markazidan olib tashlashga qaror qildi

Sud qaroriga ko‘ra, muassasa nomini Kongress roziligisiz o‘zgartirish mumkin emas. Markazning nomi 14 kun ichida avvalgi holatiga qaytarilishi kerak.

AQSH sudi Tramp nomini Kennedi markazidan olib tashlashga qaror qildi

AQSHning Kolumbiya okrugi sudi Vashingtondagi Kennedi nomidagi Ijro san’atlari markazi nomidan Donald Tramp ismini olib tashlash haqida qaror chiqardi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Sudya Kristofer Kuper qaroriga ko‘ra, markazning nomi 14 kun ichida avvalgi holatiga qaytarilishi kerak. Shuningdek, Tramp nomi binoning fasadi, barcha jismoniy va raqamli belgilar hamda rasmiy materiallardan olib tashlanadi.

 

Sud markazni 2026-yil 4-iyuldan boshlab ikki yil muddatga rekonstruksiya ishlari uchun yopish haqidagi qarorni ham to‘xtatdi.

 

Donald Tramp 2025-yilda markaz vasiylik kengashining bir qator a’zolarini almashtirib, o‘zini kengash tarkibiga kiritgan va keyinchalik uning raisi etib saylangan edi. O‘sha yil dekabr oyida boshqaruv kengashi muassasa nomini “Donald J. Tramp va Jon F. Kennedi nomidagi Ijro san’atlari memorial markazi” deb o‘zgartirishga qaror qilgan.

 

Biroq sud Kennedi markazi to‘g‘risidagi qonunchilikda muassasa Jon F. Kennedi xotirasiga bag‘ishlangan markaz sifatida belgilanganini ta’kidladi. Qarorda qayd etilishicha, markaz nomini o‘zgartirish vakolati faqat Kongressga tegishli.

 

“Kennedi markaziga nomni Kongress bergan va uni faqat Kongress o‘zgartirishi mumkin”, deyiladi sud qarorida.

 

Sud qaroriga muvofiq, markazning rasmiy nomi yana “Jon F. Kennedi nomidagi Ijro san’atlari memorial markazi”ga qaytariladi. Muassasa 1971-yilda AQSHning 1963-yilda suiqasd oqibatida halok bo‘lgan prezidenti Jon Kennedi xotirasiga bag‘ishlab ochilgan.

 

Markaz boshqaruvi vakillari qaror ustidan apellyatsiya berilishini ma’lum qildi. Muassasa matbuot kotibi Roma Daravining aytishicha, ular apellyatsiya sudi Trampning mamlakat madaniyat markaziga qo‘shgan hissasini e’tirof etish haqidagi kengash qarorini qo‘llab-quvvatlashiga ishonmoqda.

 

Donald Tramp esa ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Kongress bilan hamkorlikda muassasani qayta tiklash bo‘yicha ishlashini ma’lum qildi.

 

Mazkur mojaro bo‘yicha da’vo Ogayo shtatidan demokrat kongressmen Joys Bitti va bir guruh sobiq vasiylar tomonidan kiritilgan. Ular boshqaruv kengashi tarkibidagi o‘zgarishlar hamda markazni yopish rejalari qonunga zid ekanini ta’kidlagan edi.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.