Salomatlik

Surunkali bel og‘rig‘idan qutulish yo‘li topildi

Yurish bel og‘rig‘i xavfini kamaytiradi.

Surunkali bel og‘rig‘idan qutulish yo‘li topildi

 

Norvegiya va Daniya olimlari o‘tkazgan yangi tadqiqotga ko‘ra, kuniga atigi 100 daqiqa yurish surunkali bel og‘rig‘i xavfini deyarli 25 foizga kamaytiradi.

 

Tadqiqot mualliflaridan biri Rayan Xaddaj bu tajribani muhim deya baholab, shunday deydi: “Yurish — bu arzon, oson va ommaga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan sog‘lom faoliyat. U bel og‘rig‘i bilan kurashishda samarali usul bo‘lishi mumkin”.

 

Tadqiqot davomida 20 yoshdan oshgan 11 mingdan ortiq ishtirokchining harakatlari tahlil qilingan. 2017–2019-yillarda ular yetti kun davomida maxsus akselerometr moslamalarini taqib yurishgan, so‘ngra 2021–2023-yillarda ularning sog‘lig‘i yana baholangan — ayniqsa bel og‘rig‘i bor-yo‘qligi so‘ralgan.

 

Ishtirokchilar yurish davomiyligiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘lindi:

 

  • 78 daqiqadan kam yuruvchilar
  • 78–100 daqiqa yuruvchilar
  • 101–124 daqiqa yuruvchilar
  • 125 daqiqadan ko‘p yuruvchilar

 

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yurish davomiyligi oshgani sayin bel og‘rig‘i xavfi kamayadi. Shuningdek, o‘rtacha va tez yurish surunkali og‘riqlarning oldini olishda sekin yurishga qaraganda samaraliroq ekanligi aniqlangan.

 

CNNning ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab hozirda 600 milliondan ortiq odam bel og‘rig‘idan aziyat chekmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prognozlariga ko‘ra, bu raqam 2050-yilga kelib 843 millionga yetadi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.