O'zbekiston

Jizzaxda ayol qo‘shnisining bolasini kaltakladi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Jizzaxda ayol qo‘shnisining bolasini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida ayolning voyaga yetmagan bolani kaltaklagani aytilgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 19-iyun kuni Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro M.I. tuman IIBga murojaat qilib, 2015-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi mahalladoshi N.N. tomonidan haqorat qilinib, tan jarohati yetkazilganini bildirgan hamda qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Mazkur murojaat asosida tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolada sog‘liqning buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati aniqlangan.

 

Shuningdek, 2026-yil 20-iyun kuni fuqaro N.N. ham tuman IIBga murojaat qilib, ushbu voqea davomida uning voyaga yetmagan farzandlariga ham tan jarohati yetkazilganini ma’lum qilgan. Ushbu holat yuzasidan ham sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy qaror qabul qilinishi bildirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"