O'zbekiston

“Yagona QR-kod boshqa to‘lov usullarini bekor qilmaydi”: Soliq qo‘mitasi tushuntirish berdi

Qo‘mita tadbirkorlar boshqa to‘lov tashkilotlarining QR-kodlaridan foydalanishda davom etishi mumkinligini, soliq organlari esa bunga aralashish vakolatiga ega emasligini bildirdi.

“Yagona QR-kod boshqa to‘lov usullarini bekor qilmaydi”: Soliq qo‘mitasi tushuntirish berdi

2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha yuridik shaxslar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi kuchga kirgan edi. Biroq bu to‘lovlar faqat yagona QR-kod orqali amalga oshirilishi kerak degani emas, deya ma’lum qilmoqda Soliq qo‘mitasi.

 

Qayd etilishicha, yagona QR-kod xaridorlar uchun mavjud to‘lov usullariga qo‘shimcha imkoniyat sifatida joriy etilgan. Shu sababli tadbirkorlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra Davlat reyestriga kiritilgan to‘lov tashkilotlarining QR-kodlari, bank kartalari, naqd pul hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lov usullaridan ham foydalanishda davom etishi mumkin.

 

Rasmiy munosabatda Soliq qo‘mitasi hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilovchi vakolatli organ emasligini ham alohida ta’kidlandi.

 

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi soliq organlari tomonidan tadbirkorlarni boshqa to‘lov tashkilotlarining QR-kodlarini olib tashlashga majburlash yoki bu jarayonga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.

 

Agar soliq xodimlari tomonidan bunday noqonuniy holatlar kuzatilsa, tadbirkorlarga Soliq qo‘mitasining 71 244-98-98 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilish tavsiya etildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.