O'zbekiston

To‘rt hududda kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan bank xodimlari fosh etildi

Tekshiruvlarda imtiyozli kreditlarni noqonuniy rasmiylashtirish, qalbaki hujjatlar orqali mablag‘larni o‘zlashtirish va firibgarlik holatlari aniqlandi.

To‘rt hududda kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan bank xodimlari fosh etildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Andijon va Buxoro viloyatlarida kredit mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish bilan bog‘liq bir qator holatlar fosh etildi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda bank tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tijorat bankining uch nafar bank xizmatlari markazi xodimi o‘zaro til biriktirib, besh nafar fuqaro nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirib, 146 million so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

 

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida esa tijorat banki filialining mas’ul xodimlari va boshqa shaxslar 21 nafar fuqaro nomiga "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida hunarmandchilik, tikuv uskunalari, issiqxona va chorvachilikni rivojlantirish uchun jami 747 million so‘m imtiyozli kredit ajratgan. Biroq fuqarolar bundan bexabar bo‘lgan, mablag‘lar esa ta’minotchi korxonalar hisobiga o‘tkazilib, o‘zlashtirilgan.

 

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tijorat banki bank xizmatlari markazi boshqaruvchisining sobiq o‘rinbosari va boshqa shaxslar fuqaro nomiga soxta tartibda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti tashkil etib, qalbaki hujjatlar asosida 500 million so‘m kredit mablag‘ini noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlangan.

 

Buxoro viloyatining Jondor tumanida tijorat bankining sobiq rahbari va sobiq mutaxassisi fuqarolar xabarisiz ularning nomiga 110 million so‘m kredit rasmiylashtirib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi.

 

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida tijorat bankining sobiq bo‘lim boshlig‘i fuqaroga ipoteka krediti ajratib berishni va’da qilib, qalbaki kredit shartnomasi orqali ajratilgan mablag‘ning 90 million so‘mini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlarning barchasi yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.