O'zbekiston

Toshkentda Tailanddan olib kelingan 11 kilogramm narkotik aniqlandi

Qozog‘iston fuqarosi narkotik vositalarni tranzit yo‘li orqali yetkazib berishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

Toshkentda Tailanddan olib kelingan 11 kilogramm narkotik aniqlandi

 

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari hamkorligida yirik miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX ma'lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2004-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining sport sumkasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

 

Tekshiruv davomida sumka ichidan shirinliklar va boshqa mahsulotlar ko‘rinishida yashirilgan, umumiy og‘irligi taxminan 11 kilogramm bo‘lgan gashish moyi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositasi Tailanddan olib kelingan bo‘lib, uni tranzit yo‘li orqali Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib berish rejalashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.