O'zbekiston

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yil bog‘chalarda ishlay olmaydi

Senat bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, aliment to‘lovlari va yetim bolalarni oilaga joylashtirish tartibini takomillashtiruvchi qonunni ma’qulladi.

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yil bog‘chalarda ishlay olmaydi

 

Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisida "Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

 

Qayd etilishicha, keyingi yillarda mamlakatda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni har qanday zo‘ravonlik shakllaridan himoya qilish hamda ta’lim muassasalarida xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Yangi qonunga muvofiq, ta’lim tashkilotlarida tarbiya va ta’lim jarayonida voyaga yetmagan bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etgan yoki ularni tahqirlagan shaxslar uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda alohida javobgarlik belgilanmoqda.

 

Shuningdek, pedagogik faoliyat davomida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlikka oid huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bir yil davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etiladi.

 

Bundan tashqari, davlat yoki nodavlat muassasasining toʻliq taʼminotida boʻlgan bola uchun ota yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilanmoqda.

 

Shu bilan birga, yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga berish tartibi ham takomillashtirilib, ular faqat o‘z qarindoshlariga tarbiyaga berilishi nazarda tutilmoqda.

 

Senatorlar ushbu qonun bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish, ta’lim muassasalarida ularning sha’ni, qadr-qimmati va daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha huquqiy kafolatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab, hujjatni ma’qulladi.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.