Jahon

Germaniyada jazirama fonida o‘lim holatlari keskin oshdi

Iyun oxiridagi jazirama davrida o‘lim holatlari so‘nggi uch yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5,6 ming nafarga oshgan.

Germaniyada jazirama fonida o‘lim holatlari keskin oshdi

 

Germaniyada iyun oyining oxirida kuzatilgan kuchli issiq havo to‘lqini fonida o‘lim holatlari sezilarli darajada oshgani qayd etildi. Bu haqda mamlakat Federal statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga tayanib, Spiegel nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22–28-iyun kunlari mamlakat bo‘ylab 23 655 nafar fuqaro vafot etgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yilning ayni davridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5 655 taga ko‘p.

 

Shu bilan birga, mutaxassislar o‘lim holatlarining barchasini bevosita jazirama bilan bog‘lashga shoshilmaslik kerakligini ta’kidlamoqda.

 

Kyoln shoshilinch tibbiy yordam xizmati tibbiy direktori Aleksandr Lexleytnerning qayd etishicha, yuqori harorat o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir qilgani ehtimoldan xoli emas, biroq uning aniq ulushini belgilash murakkab.

 

“Yuqori haroratning ta’siri borligiga shubha yo‘q. Ammo bu ta’sirning qanchalik katta ekanini aniqlash ko‘pincha mushkul”, — degan u.

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa yoshi katta yoki surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar vafot etgan holatlarda issiq havo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlash qiyin hisoblanadi.

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Namoyishchilar ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qish to‘lovlarining oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.