O'zbekiston

O‘zbekistonda iyulning ikkinchi yarmida havo harorati odatdagidan yuqori bo‘lishi mumkin

Harorat ayrim hududlarda 45 darajagacha yetishi mumkin.

O‘zbekistonda iyulning ikkinchi yarmida havo harorati odatdagidan yuqori bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston yilning eng issiq davriga kirib bormoqda. Iyul oyining ikkinchi yarmida havo harorati iqlimiy me’yordan yuqori bo‘ladi, ayrim hududlarda esa 45 darajagacha yetishi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, iyul an’anaviy ravishda respublikadagi eng issiq oy hisoblanadi. O‘rtacha kunduzgi havo harorati 35–37 darajani, janubiy va cho‘l hududlarida esa 38–40 darajani tashkil etadi. Kuchli issiq to‘lqinlari kuzatiladigan davrlarda harorat 40–42 darajagacha, ayrim joylarda esa 43–45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda o‘ta issiq kunlar soni ortib bormoqda. O‘tgan o‘n yillikdagi barcha iyul oylari iqlimiy me’yordan issiqroq bo‘lgan, ularning to‘qqiztasi esa meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o‘nta iyul qatoridan joy olgan.

 

Prognozlarga ko‘ra, iyulning birinchi o‘n kunligi oxiriga kelib kunduzgi havo harorati 37–40 darajagacha, janubiy hududlarda esa 41–43 darajagacha ko‘tariladi. Oy oxirigacha harorat 33–38 darajadan 38–43 darajagacha o‘zgarib turadi, shimoliy, cho‘l va janubiy hududlarning ayrim joylarida esa 45 darajagacha yetishi mumkin.

 

Shuningdek, iyul oyining o‘rtacha harorati iqlimiy me’yordan 1,5–3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oy asosan quruq ob-havo bilan o‘tadi, yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir hamda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Mutaxassislar aholini uzoq vaqt quyosh ostida qolmaslikka, yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilishga hamda bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor fuqarolar salomatligiga alohida e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

 

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.