Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda

O‘zbekiston rahbarining tashrifi sobiq amirning vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish maqsadida rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda Qatar Davlatining sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish maqsadida Doha shahriga tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

Qatarning sobiq amiri, mamlakatning zamonaviy taraqqiyotiga asos solgan davlat arboblaridan biri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, u 12-iyul kuni hayotdan ko‘z yumgan.

 

Sobiq amirning vafoti munosabati bilan Qatarda 13-iyuldan boshlab to‘rt kunlik milliy motam e’lon qilingan. Ushbu davrda davlat idoralari va jamoat tashkilotlari faoliyati to‘xtatiladi, mamlakat bo‘ylab davlat bayroqlari yarim ustunga tushiriladi.

 

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga otasi — sobiq amir Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan edi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.