O'zbekiston

Anomal issiq tez yordam chaqiriqlarini keskin oshirmadi — SSV

Jazirama kuzatilgan so‘nggi to‘rt kun davomida respublika bo‘yicha 166 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushgan.

Anomal issiq tez yordam chaqiriqlarini keskin oshirmadi — SSV

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitiga qaramay, tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushayotgan chaqiriqlar sonida keskin o‘sish qayd etilmadi.

 

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘afurovning ma’lum qilishicha, issiq havoda yurak-qon tomir, nafas yo‘llari va qandli diabet kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar, shuningdek, keksalar, homilador ayollar hamda bolalar xavf guruhiga kiradi. Shu bois mazkur toifadagi fuqarolar salomatligini muntazam nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Qayd etilishicha, anomal issiq kuzatilgan so‘nggi to‘rt kun davomida respublika bo‘yicha "103" xizmatiga jami 166 ming 726 ta chaqiriq kelib tushgan. Barcha murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, bemorlarga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Vazirlikka ko‘ra, 9–12-iyul kunlari bilan taqqoslaganda, jazirama davrida murojaatlar sonida sezilarli o‘sish kuzatilmagan. Bu holat aholiga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali issiq ob-havoda amal qilinishi lozim bo‘lgan ehtiyot choralari yuzasidan berilgan tavsiyalar samara bergani bilan izohlanmoqda.

 

Mutaxassislar fuqarolarga kunning eng issiq vaqtlarida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik, yetarli miqdorda suv iste’mol qilish, yog‘li va sho‘r taomlarni cheklab, yengil hazm bo‘ladigan ovqatlarni iste’mol qilishni tavsiya etdi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"