Britaniyada jazirama oqibatlari: 5 258 kishi halok bo‘ldi
2026-yil yozi 1884-yildan buyon mintaqadagi eng issiq yoz bo‘lgan.

O‘tgan yozda Angliyada bir nechta issiqlik to‘lqinlari bilan bog‘liq asoratlar oqibatida 5 258 kishi vafot etdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) hisobotiga tayanib, TASS xabar berdi.
Hisobotga ko‘ra, may oyining oxiridan avgust oyining o‘rtalariga qadar mamlakatda yettita alohida issiqlik to‘lqini qayd etilgan. Bu 2016-yildan buyon bunday ob-havo hodisalari bilan bog‘liq eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichidir.
Meteorologiya idorasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yozi 1884-yilda muntazam kuzatuvlar boshlanganidan beri mintaqadagi eng issiq yoz bo‘lgan. Avgust oyi o‘rtalarida Angliyaning Glostershir grafligida havo harorati 38,2 darajagacha ko‘tarilgan. Bu mamlakatda qayd etilgan eng yuqori harorat bo‘lgan.
Shuningdek, joriy yilning iyul oyi Angliya tarixidagi eng qurg‘oqchil oy sifatida qayd etilgan. Bu davrda atigi 7 millimetr yog‘ingarchilik kuzatilgan, bu uzoq muddatli o‘rtacha ko‘rsatkichning 10 foiziga teng.







